100% Xavfsizlik va Maxfiylik

UniMatn Maxfiylik Siyosati

Ushbu sahifada UniMatn dasturi va platformasining foydalanuvchi ma'lumotlari bilan ishlash bo'yicha qat'iy tamoyillari bayon etilgan.

Qat'iy Qoida: UniMatn kompyuteringizda yozilgan birorta so'zni, klavishni yoki matnni serverga YUBORMAYDI va SAQLAMAYDI.

1. Klaviatura qatlami (UniMatn.exe)

UniMatn dasturi to'liq oflayn ishlaydi. 4 ta asosiy rejim (Yangi Lotin, Lotin->Kirill, Kirill->Yangi Lotin, Tranzit) kompyuteringizning ichki xotirasida, internetsiz bajariladi. Klaviatura hodisalari tashqi serverlarga uzatilmaydi.

2. AI Tarjima (Alt+E va Alt+R)

Foydalanuvchi tanlangan matnni tezkor tarjima qilish (Alt+E / Alt+R) buyrug'ini berganida, matn xavfsiz shifrlangan TLS kanal orqali serverga yuboriladi va tarjima qilinadi. Serverda va loglarda foydalanuvchi matni yoki uning tarjimasi HECH QACHON SAQLANMAYDI. Server faqat tarjimaning texnik metadatasini (belgilar soni, tokenlar, kechikish vaqti) hisob-kitob uchun qayd etadi.

3. Veb-sayt va Analitika

Saytda onlayn foydalanuvchilar soni (Online Now) anonim sessiya va bir tomonlama tuzlangan xesh (salted SHA-256) orqali aniqlanadi. Foydalanuvchilarning xom IP manzillari saqlanmaydi.

4. Ma'lumotlarni saqlash muddati

Sayt anonim sessiyalari va AI hisob-kitob jurnallari 90 kundan so'ng avtomatik ravishda tozalanadi.

Oxirgi yangilanish: 2026-yil